"Teploklimat" kompaniyasi "Lemaks" kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning barcha montajchilari uchun dasturni ishga tushirdi.

"Teploklimat" kompaniyasi "Lemaks" kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning barcha montajchilari uchun dasturni ishga tushirdi.

19.07.2024

Tadbirning bosh sharti: dastur Respublikaning barcha mintaqalarida Lemaks mahsulotlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi montajchilarga mo‘ljallangan.

 «Teploklimat» kompaniyasi dasturga o‘zgartirishlar kiritish va ishtirokchilarni bu to‘g‘rida 20 ish kuni avval xabardor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

ISHTIROK ETISH UCHUN QUYIDAGILARNI BAJARISH ZARUR:

1. Ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish va +998977089340 telegramm akkauntiga familiya, ism-sharifni, aloqa telefonini, istiqomat qilish mintaqasini yuborish.

2. Lemaks qozonini o‘rnatish.

3. Qozon pasportida mavjud o‘rnatish talonida tegishli belgilarni kiritish.

4. To‘liq to‘ldirilgan talon suratini, qozonning zavod seriya raqami suratini, shuningdek, xonada o‘rnatilgan qozonning suratini yuborish.

5. Talonda o‘rnatilgan joy, egasining telefon raqami va montajchini o‘zining telefon raqami ko‘rsatilishi shart.

6. O‘rnatilgandan so‘ng 2 hafta ichida qozon egasi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa, buyurtma bekor qilinadi.

7. Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng qozon AKTIVga kiritiladi.

8. To‘lovlar hisobot oyidan keyingi oyning 15 chi sanasiga qadar har oyda amalga oshiriladi. Hisobot oyi deb 01 dan 31 sanaga qadar kalendar oyi qabul qilinadi.

9. To‘lov qiymati: qozonning 1kVt quvvati – 10 000 so‘m. To‘lovlar naqd yoki ishtirokchining so‘m plastik kartochkasiga o‘tkazma bilan amalga oshiriladi.

Izoh: Qozonni o‘zboshimchalik bilan ishga tushirish qat’iyan taqiqlanadi. Faqat sertifikatlangan servis-markaz tomonidan, aks holda qozonga berilgan kafolat bekor qilinadi, buyurtma esa rad etiladi!!!